insurez
27-01-2026 09:06

Sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi (https://t.me/samvilqurilish)


Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida bosh boshqarmaning apparat xodimlari, shuningdek, tuman va shahar bo‘limlari rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 666-son qaroriga muvofiq loyiha va qurilish jarayonlarida joriy etilayotgan yangi tartiblar yuzasidan fikr almashildi. (https://t.me/samvilqurilish)

🏘 Yig‘ilishda bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari — viloyat bosh arxitektori S. Narzikulov so‘zga chiqib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’ruza qildi. Xususan, Samarqand viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Hududiy kengash tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, bosh boshqarma tizimida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan aniq va tizimli topshiriqlar ijrosini bajarish zarurligini alohida ta’kidladi.

➡️ Shuningdek, yig‘ilishda mansab vakolatlaridan noqonuniy foydalanish, xizmat vazifalarini suiiste’mol qilish, shaxsiy manfaatni ustun qo‘yish kabi salbiy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi qayd etildi. Har bir xodim o‘z xizmat vazifasini halollik, vijdon va qonuniylik tamoyillariga asoslangan holda bajarishi, qurilish va kommunal sohalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirilishi zarurligi ta’kidlandi.

🇺🇿 Yig‘ilish davomida qurilish sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlat xizmatlarini zamon talablariga mos ravishda tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Mazkur qaror asosida endilikda:

 (https://youtube.com/@samarqandviloyatihokimligi?si=26CtRM8tHuIxWMY3)➡️ loyihalashdan tortib obyektni foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar to‘liq raqamli nazorat ostiga olinadi;
➡️ yer bilan bog‘liq ma’lumotlar bazalari o‘zaro integratsiya qilinib, qurilish ruxsatnomalarini olishdagi ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etiladi;
➡️ hududiy arxitektura kengashlarining vakolatlari kengaytirilib, muhim obyektlarning loyiha yechimlari ko‘proq mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokama qilinadi;
➡️ qurilish ishlarini boshlash va yakunlashda ruxsatnoma olish tartibi yagona va shaffof tizimga o‘tkaziladi;
➡️ obyektlarni foydalanishga topshirish jarayonlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi.

🛡 Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqan bosh boshqarmaning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi M. Begimov rahbar va mas’ul xodimlarni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishga chaqirib, ushbu masalada loqaydlikka mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida qat’iy ogohlantirdi.

✔️ Yig‘ilish yakunida sohada halollik, qonuniylik va shaffoflik muhitini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, har bir mas’ul xodimdan shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -