insurez
05-08-2024 15:42

Sektor rahbari o’ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi


Urgut tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari   M.Kuziyev ishtirokida sektor hududidagi yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar”uchrashuvi bo’lib o’tdi. 

Unda asosiy e’tibor yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, hudud yoshlarini Oliy ta’lim muassasalariga kirish qamrovini oshirish, kasbga yo‘naltirish, ularni qiynayotgan muammolariga yechim topish kabi vazifalarni amalga oshirishga qaratildi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom muhitni yaratish kabi mavzularda ochiq va samimiy muloqot qildi.       

Shuningdek, sektor rahbari yoshlarning taklif va muammolarini eshitdi, ularning savollariga  batafsil javob berdi.

Teglar
- -