insurez
17-12-2025 15:16

SamDU Urgut filialida tuman hokimligi hamkorligida “Yoshlar innovatsion tashabbusi” startap tanlovi bo‘lib o‘tdi.


⚡️ Mazkur tanlov yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini namoyon etish, startap loyihalarni rivojlantirish hamda amaliyotga joriy etish maqsadida tashkil etildi.

🔹 Tanlovni SamDU Urgut filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilmurod Mardonov kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Bugungi kunda innovatsiyalar va startap loyihalarning ta’lim va iqtisodiyot rivojidagi o‘rni beqiyos ekanini, yoshlarning ilg‘or g‘oyalari kelajak taraqqiyotining muhim omili ekanini ta’kidladi.

➡️ Tanlov davomida talabalar tomonidan taqdim etilgan startap loyihalar mutaxassislar tomonidan baholanib, ularning dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -