insurez
02-07-2025 17:22

‘rmas mahallasida zamonaviy sharoitlarga ega 50 oʻrinli uy bogʻchasi foydalanishga topshirildi.


Urgut tumani hokimi oʻrinbosari, 1-sektor rahbari D. Ergashev tashabbusi bilan O‘rmas mahallasida zamonaviy sharoitlarga ega 50 oʻrinli uy bogʻchasi foydalanishga topshirildi.

Mazkur maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarning sifatli tarbiya va ta’lim olishini ta’minlash, yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishiga xizmat qiladi. Bogʻchada kichkintoylar uchun barcha qulayliklar yaratilgan: zamonaviy mebel, o‘yinchoqlar, yotoqxona va o‘quv xonalari bilan jihozlangan.

Aholi vakillari bu tashabbusni katta mamnuniyat bilan kutib oldi va bolalar tarbiyasiga qaratilgan e’tibor uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Teglar
- -