insurez
24-07-2024 19:24

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urgut tuman bo‘limida "Urgut sadosi" gazetasi muxbir va jurnalistlari ishtirokida press-tur bo‘lib o‘tdi.


Tumandagi umumta’lim maktablari va tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tashkil etilgan press-turda bo‘lim rahbari Ma’murjon O‘roqov mavzu yuzasidan ma’lumot berdi.

- Muhtaram Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida barchamiz uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat-ma’rifiy sohalardagi dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Barcha korxona va tashkilotlarda milliy qadriyatlarimizni, tug‘ilib o‘sgan jonajon Vatanini sevish, o‘zaro hurmat, bir-biriga yordam, halollik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni, oilalarda ularni farzandlariga singdirish lozimligini tushuntirishga qaratilgan ishlarni jonlantirishimiz lozimligi ma’vzularida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda,- dedi M.O‘roqov.

Teglar
- -