insurez
14-01-2026 20:29

RAHBAR VA NAZORATDAGI YOSHLAR UCHRASHUVI


Tuman IIB boshlig‘i ishtirokida tuman IIB JXX probatsiya bo‘linmasi hisobida turgan nazoratidagi shaxslar  hamda uyushmagan yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ularni qiynab kelayotgan muammolar, bandligini taʼminlash masalalari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sport va madaniyatga jalb qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Bundan tashqari, bu kabi o‘rganishlarda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ularni ijtimoiy hayotga faolroq jalb etish muhimligi taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek, tuman IIB boshlig‘ining tashabusi bilan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etilib, 12 nafar nazoratdagi yoshning bandligi ta’minlandi.

🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -