Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar va strategik yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash hamda ularning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Urgut tumanidagi mahallalarda tizimli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Mazkur jarayon doirasida mahalla fuqarolari yig‘inlari hamda ta’lim muassasalari, jamoat vakillari ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari va axborot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbirlarda Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan mahalla yettiliging hisobotlari va chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berilmoqda.




