insurez
10-10-2024 19:54

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning shaxsiy xuquq va erkinliklari


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Fuqarolar  deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar тушунилади.Барча fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati, ya’ni huquq layoqati teng ravishda e’tirof etiladi. Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
Fuqarolar mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari; yollanma mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishlari; mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari; fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.
Fuqarolar boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ham ega bo‘lishlari мумкин.Фуқаро o‘z familiyasi va nomidan, shuningdek otasining ismi bilan huquq va burchlarga ega bo‘ladi hamda ularni amalga oshiradi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda fuqaro taxallusdan, ya’ni to‘qilgan ismdan foydalanishi mumkin.
Fuqaro qonunda belgilangan tartibda o‘z ismini o‘zgartirishga haqli. Fuqaroning o‘z ismini o‘zgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi.
Ismini o‘zgartirgan fuqaro o‘zining avvalgi ismiga rasmiylashtirilgan hujjatlarga o‘z hisobidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini talab qilishga haqli. Boshqa shaxs ismidan foydalanib huquq va burchlarga ega bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqaroning muomala layoqati bo‘yicha to‘xtaladigan bo‘lsak, fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati, ya’ni muomala layoqati u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar deganda, shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro‘si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga bo‘lgan huquqi, tasvirga bo‘lgan huquqi, mualliflik huquqi, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug‘ilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne’matlar tortib olinmaydigan va o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydigan huquqlari tushuniladi.
Vafot etgan kishiga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin.
Fuqaro o‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar yuzasidan bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxsga nisbatan sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqli. Manfaatdor shaxslarning talabiga ko‘ra fuqaroning sha’ni va qadr-qimmatini uning vafotidan keyin ham himoya qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Agar, fuqaroning sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar ommaviy-axborot vositalarida tarqatilgan bo‘lsa, ayni shu ommaviy-axborot vositalarida raddiya berilishi lozim bo‘ladi. Agar, bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Fuqaro ommaviy axborot vositalarida uning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini kamsituvchi ma’lumotlar e’lon qilinganda u ayni o‘sha ommaviy axborot vositalari orqali chiqib, o‘zini himoya qilish huquqiga egа. Аgаr, ushbu holatda, sudning hal qiluv qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarimani to‘lash qoidabuzarni sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish vazifasidan ozod etmaydi.
O‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatilgan fuqaro bunday ma’lumotlar rad etilishi bilan bir qatorda ularni tarqatish oqibatida yetkazilgan zararlar va ma’naviy ziyonning o‘rnini qoplashni talab qilishga haqli hisoblanadi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi raisi:  T.A.Rustamov

Teglar
- -