insurez
26-09-2025 17:00

Oilaviy shifokorlik punkitlarida o’rganish ishlari olib borildi


Urgut tumani hokimi D.Sayidkulov mahallalardagi Oilaviy shifokorlik punkitlarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holatini o‘rgandi.

Jumladan, tumanning Quyi Algar va Pochvon mahallalaridagi Oilaviy shifokorlik punktlarida bemorlarga yaratilgan sharoitlar, dori vositalarining zaxirasi va yaroqlilik muddati, shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Aholining sog‘ligii va ularni sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Teglar
- -