insurez
24-06-2025 22:29

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish bo‘yicha komissiya faoliyati


 Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish bo‘yicha komissiya faoliyati

Haftaning har chorshanba kuni tumandagi Oila va xotin-qizlar maskanida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha komissiya tomonidan nizoli oilalar ko‘rib chiqiladi.

Bugun Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M. Qobilova tegishli mas’ullar bilan birgalikda tumanimizning bir qator mahallalarida joylashgan 17 ta nizoli oilaning holatini o‘rgandi.

Shuningdek, tumanimizdagi barcha mahallalarda ham oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari tomonidan nizoli oilalarni yarashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Teglar
- -