Obodonlashtirish boshqarmasi qoshida tashkil etilgan issiqxonada tuman hokimi, tegishli soha mas’ullari hamda mutasaddilar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.
O’rganish davomida issiqxonada yaratilgan sharoitlar, ko‘chat va o‘simliklarni parvarishlash jarayonlari, shuningdek, obodonlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishildi. Jarayonlar yuzasidan mas’ullar tomonidan fikr almashilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ishlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.




