Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi
Urgut tumani tashkilotlarida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi xodimlari, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi, korxona va tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.
Siyosiy-ma’rifat soatida yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to‘xtalib o‘tildi.