“Muruvvat” internat uyidagi sharoitlar o‘rganildi
Tuman hokimi D.Sayidkulov hamda tuman rahbarlari Urgut tumanida joylashgan “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan ayollar va erkaklar internat uyidagi mavjud shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Tashrif davomida internat uyidagi oshxona, ovqatlanish jarayoni, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkoniyatlari, ma’naviy burchaklar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash holati o‘rganildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga ularni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, internatdagi sharoitlarni yanada yaxshilash va aholining bu toifasini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida qo‘shimcha vazifalar belgilandi.