“Kambag‘allikdan farovonlik sari”
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” davlat dasturi doirasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari Urgut tumani hokimi boshchiligida o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aholi yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida elektr energiyasi, ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi va boshqa kommunal xizmatlar bilan ta’minlash holati hamda ularni yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.