Iroq delegatsiyasi Urgut erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi
O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Iroq delegatsiyasi Urgut erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida sanoat hamda eksportga yo‘naltirilgan loyihalar taqdim etildi. Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro tovar ayirboshlash imkoniyatlarini muhokama qildi.
Mehmonlar Urgut erkin iqtisodiy zonasining ishlab chiqarish salohiyati va qulay investitsiya muhitiga yuqori baho berdi.
🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.




