insurez
14-01-2026 20:28

D.Sayidkulov Vag‘ashti mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi


Bugun tuman hokimi D.Sayidkulov Vag‘ashti mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi turmush sharoiti hamda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llar holati, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ijtimoiy obyektlar faoliyati hamda aholini qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Tuman hokimi mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi.

🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -