“Dolzarb 90 kun”: o‘quvchilarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda
Yurtimizda yoshlarga e’tibor va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning vaqtini foydali va sermazmun o‘tkazish, ularni salbiy illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Urgut tumani hokimi Botir Jabborov Shukurovich tumandagi bir qator ta’lim muassasalarida bo‘lib, yozgi ta’tilni samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida, tashkil etilgan to‘garaklar, sport mashg‘ulotlari, kitobxonlik va ijodiy faoliyatlar bilan tanishdi. Maktab rahbarlari, o‘qituvchilar va faol o‘quvchilar bilan suhbatlar olib borildi.