DALA MADANIYATI VA SAMARALI MEHNAT
Tumanimizning "Taroqli " agrofirmasi hududida joylashgan “ASILBEK ALIBEK” fermer xo‘jaligida 3 gektar maydonga bug‘doy ekilgan. Hozirda bug‘doyning rivoji yaxshi holatda bo‘lib, dala madaniyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dala chetlariga gilos ko‘chatlari ekilgan. G‘alla ekilgan maydonlarga mahalliy o‘g‘itlar chiqarilib, agrotexnik tadbirlar sifatli amalga oshirilmoqda. Shuningdek, xo‘jalikda quvvati 5 kVt bo‘lgan quyosh paneli o‘rnatilgan hamda 10 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etildi.




