insurez
12-07-2024 17:07

“Dala-bunker-xirmon”


Joriy yilda 2870 gektar maydonda dehqonchilik qilgan tumanimiz fermer va dehqonlari davlatga g‘alla sotish bo‘yicha shartnomaviy rejani muvaffaqiyatli bajardilar. O‘rim-yig‘im mavsumiga zo‘r uyushqoqlik bilan kirishib,  uni “Dala-bunker-xirmon” usulida tashkil etgan g‘allakorlarimiz bu ishni qisqa fursatlarda nihoyasiga yetkazdilar.

Mavsumda jami 9 ta kombaynning yuqori unum bilan ishlashi ta’minlandi. Ular yordamida barcha maydondarda peshona teri bilan yetishtirilgan g‘alla hosilining bir siqimi ham nobud qilinmay, vaqtida saranjom-sarishtalab olindi. Qabul saroylariga rejada belgilangan 6948 o‘rniga 7200 tonna sara don topshirildi. Yillik shartnomaviy reja 103 foizga oshirib bajarildi. 

Darvoqe, bu yil 19 ta fermer xo‘jaligi 100 sentnerdan ortiq hosil olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Urgut sadosi” gazetasining navbatdagi sonida o‘qishingiz mumkin.

Teglar
- -