D. Sayidkulov Urgut tumani Suv yetkazib berish davlat muassasasi balansidagi “Halovat suvchilar uyi”da bo‘ldi.
Urgut tumani hokimi D. Sayidkulov Urgut tumani Suv yetkazib berish davlat muassasasi balansidagi “Halovat suvchilar uyi”da bo‘lib, mazkur obyekt hududida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar hamda olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, tashrif davomida mutasaddilar bilan suhbatlashilib, mavjud infratuzilmani yanada yaxshilash, hududdan samarali foydalanish hamda yangi issiqxona (teplitsa) qurish bo‘yicha takliflar berildi. Mazkur yo‘nalishda tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Urgut tumani hokimligi axborot xizmati




