insurez
13-01-2026 18:03

BIRIKTIRILGAN YOSHLAR BILAN XONADONBAY O'RGANISH TASHKIL ETILDI


Urgut tumani IIB boshlig‘i M.M.Kuziyev tomonidan o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan xonadonbay o'rganish tashkil etildi.

O'rganish davomida ularni qiynab kelayotgan muammolar, bandligini ta’minlash masalalari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sport va madaniyatga jalb qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

➖Yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal qilish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

➖Bandlik masalasida esa yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy choralar belgilandi.

O'rganish yakunida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ularni ijtimoiy hayotga faolroq jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.
 

Teglar
- -