Bir qator mahallalar o`rganildi/
Bugun tuman hokimi Kamangaron mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi turmush sharoiti hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llar holati, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ijtimoiy obyektlar faoliyati hamda aholini qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Tuman hokimi mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va muammolarini tingladi.
Shuningdek, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.




