insurez
03-08-2024 15:40

30-iyul – “Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan tuman aholisi uchun "Do'stlik festivali" bo'lib o'tdi.


Oʻzbekiston qadimdan doʻstlik va tinchlik, birodarlik va qardoshlik, bagʻrikenglik va hamjihatlik rishtalari yanada yuksaltirish, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari oʻrtasida totuvlikni mustahkamlash maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 30-iyul sanasi yurtimizda Xalqlar doʻstligi kuni sifatida belgilanib, keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Urgut tumani "Quyi Algar" MFYda joylashgan 76-sonli madaniyat maskanida 30-iyul – “Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan tuman aholisi uchun "Do'stlik festivali" bo'lib o'tdi.

“Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirida tuman hokimligi va tashkilot rahbarlari, turli millat vakillari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida tuman hokimining din ishlari bo'yicha maslahatchisi J.Xaydarov soʻzga chiqib, hozirgi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yakdil, ahil boʻlib yashayotgani, har bir insonning hayotiy manfaatlari hamda ezgu maqsadlari roʻyobi uchun teng va keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligini taʼkidlab, barchani ushbu kun bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, bayram tadbirida Madaniyat boʻlimi tomonidan qozoq va tojikcha tillarda shoʻx kuy-qoʻshiqlar kuylanib, tumanimiz aholisiga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

Teglar
- -