2026-yilda yoshlar sohasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi
Bugun Urgut tumanida, Yoshlar ishlari agentligida 2025-yilda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2026-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan shtab faoliyatining muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig'ilishda tuman hokimining o'rinbosari, DXX tuman masʼuli, tuman prokuraturasi va tegishli biriktirilgan tashkilot rahbarlari "otaliqqa olingan" yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, tuman hokimi o'rinbosari U. Kamolov so‘zga chiqib, tumanda yoshlar sohasida amalga oshirilgan ishlar, xususan, “Og‘ir toifa”ga kiritilgan va otaliqqa olingan yoshlarga biriktirilgan rahbarlar tomonidan ularning bandligini ta’minlash hamda muqobil daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha bajarilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kamchiliklar hamda kelgusi ustuvor masalalar borasida ma’lumotlar berdi.
Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama etilib, 2026-yilda yoshlar sohasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan biriktirilgan tashkilot rahbarlariga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.




