14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni.
Bugun, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Urgut tumanida joylashgan 160-umumta’lim maktabida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi ushbu bayram munosabati bilan Urgut tumani “Armiya Qalqonlari” maktabining yana bir bo‘limini tantanali ravishda ochishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda Urgut tumani hokimi o‘rinbosari M. Xaliqov, maktab direktori, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda “Armiya Qalqonlari” maktabi kursantlari ishtirok etdilar.
Urgut tumani hokimligi axborot xizmati




