insurez
13-01-2026 18:04

SABZAVOT, POLIZ VA BOSHQA EKINLAR YETISHTIRUVCHI SUBYEKTLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida “E-urug” axborot tizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 166-sonli qaroriga muvofiq “E-urug‘” axborot tizmida elektron tanlov o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur qarorga asosan 2026-yil xosili uchun sabzavot, poliz  va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlaridan sifatli urug‘liklarni yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi subektlarini tanlab olish maqsadida joriy yil 15-yanvardan 5-fevralga qadar “E-urug” axborot tizmi orqali tanlov o‘tkazish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish shartlari bo‘yicha Urgut tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi yoki “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM viloyat boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin. 

Murojaat uchun telefon: 
📞93-334-99-07, 
📞99-622-32-36
📞93-350-15-55
 

Teglar
Insurance Policy