07-01-2026 21:59
“MERGANCHA” MAHALLASI VA UNGA TUTASH MAHALLALARDA YASHOVCHI FUQAROLAR DIQQATIGA!
Ertaga 8-yanvar kuni soat 14:00 dan boshlab, Mergancha mahallasida joylashgan 154-maktabda Urgut tumani hokimi Dilmurod Sayidkulovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli oʻtkaziladi.
Shuningdek, qabulda tuman tashkilotlarining mutasaddilari ham ishtirok etishadi.
Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalar boʻlsa qabul davomida murojaat qilishingiz mumkin.
Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.

