Urgutda 5,5 tonna yaroqsiz tovuq go‘shti aniqlanib, yo‘q qilindi
2025-yil 1-iyun kuni soat 01:25 larda Samarqand viloyati IIB JXX, JTSB, KTTG va YHXB xodimlari hamkorligida Urgut tumanidagi “Omonqoton” YPX maskanida harakatlanib kelayotgan ISUZU rusumli, 01K598NB davlat raqamli yuk avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, avtomobil yukxonasida 5 500 kg tovuq go‘shti borligi aniqlangan.
Mazkur go‘sht namunasi “Urgut tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi”ga yuborilgan. Markazning 2025-yil 1-iyundagi 121–125-sonli xulosasiga ko‘ra, go‘sht iste’molga yaroqsiz deb topilgan.
Aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar belgilangan tartibda Urgut tuman markaziy chiqindixonasida yo‘q qilindi.