Urgut tumanida “Eng yaxshi kitobxon xodim” tanlovi o‘tkazildi
Mahalliy hokimliklarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va xodimlar o‘rtasida badiiy-adabiy merosni targ‘ib qilish maqsadida Samarqand viloyati hokimligi tomonidan e’lon qilingan “Eng boy kutubxonaga ega mahalliy hokimlik” hamda “Eng yaxshi kitobxon xodim” yo‘nalishlaridagi ko‘rik-tanlovlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
Bugun Urgut tumani hokimligi kutubxonasida mazkur tanlovning “Eng yaxshi kitobxon xodim” yo‘nalishi bo'yicha tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar buyuk alloma va adiblar ijodidan tanlab olingan 5 ta asarni o‘qiganliklari va ular bo‘yicha bilimlari yuzasidan baholanishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning o‘qigan kitoblari bo‘yicha savol-javoblar, muhokamalar va taqdimotlar o‘tkazilib, eng faol kitobxonlar aniqlandi.
Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi g‘oliblari yakuniy natijaga ko‘ra viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
Mazkur tanlov Urgut tumani hokimligida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, xodimlarning ma’naviy saviyasini yuksaltirish hamda mahalliy hokimlik kutubxonalarini boyitishga xizmat qilmoqda.




