insurez
11-12-2025 17:41

Urgut tumani hokimligi majlislar zalida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari J.Haydarov, Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov, Urgut tumani hokimi D.Sayidkulov, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda tumandagi tadbirkorlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo’yicha choralar ko’rildi, ko‘tarilgan dolzarb masalalar o‘rganilib, hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi. 

Muloqot yakunida masalalarning ijrosi yuzasidan tegishli muddatlar belgilandi, ularning bajarilishi esa hokimlik va Savdo-sanoat palatasi tomonidan nazoratga olindi.

Tadbirkorlar aynan shunday ochiq muloqotlar ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni tezkor hal etishga xizmat qilayotganini ta’kidlashdi.

Teglar
- -