insurez
16-12-2025 14:59

Urgut tumani hokimi tomonidan Ishchan mahallasi hududida Ishchan va Quyqishloq mahallalari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.


Mazkur sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy, kommunal hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Jami 37 nafar fuqaro tomonidan 52 ta murojaat qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning 7 tasi moddiy yordam va bolalar nafaqasi masalalariga, 6 tasi ichimlik suvi bilan ta’minlashga, 6 tasi elektr ta’minotini yaxshilashga, 9 tasi ko‘mir va gaz ballonlari bilan ta’minlashga, 5 tasi davolanish uchun moddiy yordam ajratishga, 5 tasi yer masalalariga, shuningdek, 14 tasi boshqa turdagi masalalarga taalluqli bo‘ldi.

Bildirilgan barcha murojaatlar tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar ishtirokida o‘rganilib, ularni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Mazkur masalalar ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.
 

Teglar
- -