Urgut tumani hokimi Botir Jabborov Xitoyning Shanshi Sian provinsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston-Xitoy ikkinchi hududlararo forumi doirasida Urgut tumani hokimi Botir Jabborov Xitoyning Shanshi Sian provinsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida ikki hudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv ikki hudud o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga va istiqbolli hamkorlik loyihalariga asos yaratdi.