insurez
11-12-2025 17:52

‼️Aholidan maishiy gaz ballonlaridan foydalanishda alohida ehtiyotkorlikni kuchaytirish so‘raladi.


Urgut tumani FVB tomonidan 1-dekabrdan 31-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.

Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bozorlar, oshxonalar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda yashash xonadonlarida profilaktik reydlar tashkil etilmoqda.

‼️Aholidan maishiy gaz ballonlaridan foydalanishda alohida ehtiyotkorlikni kuchaytirish so‘raladi. Qoidalarga amal qilinmagan taqdirda kuyish, is gazi bilan zaharlanish yoki portlash kabi favqulodda holatlar yuzaga kelishi mumkin.
 

Teglar
- -