insurez
20-06-2025 16:51

DIQQAT! OGОHLANTIRISH!

 

Hurmatli fermer xo‘jaliklari rahbarlari va aziz yurtdoshlar!

🌾 Gʻalla yig‘im-terimi avjida. Ammo shuni unutmang — birgina beparvolik butun hosilingizni kulga aylantirishi mumkin!

🚒 URGUT TUMANI EKOLOGIYA BO‘LIMI OGОHLANTIRADI:

🔥 Somon-poya, quruq o‘simlik va chiqindilar — bu yong‘in uchun benzin! Ularga befarq qarasangiz, oqibati halokatli bo‘lishi mumkin!

👇 QOIDA VA TALABLAR:

🚛 Somonni transport vositalariga ortiqcha yuklamang — ortiqcha yuk = ortiqcha xavf!

🚜 Traktor va boshqa transport vositalarida uchqun qaytargichlar bo‘lishi SHART!

🚭 Maydonlarda sigaret chekishga QATʼIY RUXSAT YO‘Q! Eng oddiy chekish — halokat manbai!

🔥 Somon qoldiqlarini, gʻalla chiqindilarini YONDIRMANG! Bu — nafaqat tabiatga xiyonat, balki qonunbuzarlikdir! Huquqbuzarlar MAʼMURIY JAVOBGARLIKKA tortiladi!

⚠️ Unutmang: birgina chaqnash butun dalani yondiradi!

🌳 Ona tabiatni asrash – barchamizning burchimiz! Beparvolik – jinoyatdir!

Teglar
Insurance Policy