insurez
09-08-2024 12:40

Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi


Viloyat IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Sobirjon Abduxomidov Urgut tumanida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda chet elda bo‘lib turgan yoshlarimiz ham onlayn rejimda ishtirok etishdi.

Yuzma-yuz muloqotda yoshlarga har bir muvaffaqiyat kaliti bilimda ekanligini, ilm o‘rganish insonni komillik sari yetaklashini alohida ta’kidladi. 

Ularning orzu-istaklari, rejalari bilan qiziqdi. Yoshlar uchrashuv davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘z fikr-mulohazalarini  bildirishdi. Xususan kredit olish, ishga kirish, kasb-hunar o‘rganish bilan bog‘liq murojaatlar eshitildi. 

Muloqot doirasida yoshlar Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari ekanligi, buning uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, kitobga oshno bo‘lish, yangilik va ixtirolar yaratish, til o‘rganish lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv doirasida bildirilgan taklif va murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Teglar
- -