«Yosh chegarachilar» harbiy vatanparvarlik musobaqasini tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2023 yil 26- iyundagi 265-sonli Respublika chegaraoldi shahar va tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan «Yosh chegarachilar» klublari faoliyatini tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Urgut tumani chegaraoldi hududidagi Vatikan-Quzibek mahallasida joylashgan 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman hokimligi, 9224-harbiy qism, tuman Ma’naviyat bo‘limi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tuman yoshlar ishlari bo‘limi, hamkorligida «Yosh chegarachilar» harbiy vatanparvarlik musobaqasini tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi va 1 o‘rinni egallagan jamoa viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.