Urgut tuman hokimi B.Jabborov bilan Fransiya iqtisodiy Palatasining O‘zbekiston Respublikasidagi bo‘limi Ijroiya qo‘mitasi kotibi bilan uchrashdi.
Urgut tuman hokimi B.Jabborov bilan Fransiya iqtisodiy Palatasining O‘zbekiston Respublikasidagi bo‘limi Ijroiya qo‘mitasi kotibi – Stanislas Henrion yaqin istiqbolda “LORD FRITS” MCHJga Fransiya Iqtisodiy Palatasi tomonidan umumiy qiymati 1 million yevro subsidiya dasturlaridan birining tatbiq etish orqali korxona faoliyatini kengaytirish, zamonaviy ilg‘or texnologiyalar tatbiq etish orqali yangi loyihalarni ishga tushirish masalalari yuzasidan B2B muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimi B.Jabborov Stanislas Henrionni tumanimizga tashrif bilan samimiy qutlab, so‘ngi yillarda davlat rahbarlarining sa’y harakatlari bilan O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlardagi tub o‘zgarishlar quvonarli ekanligi alohida qayd etildi.
Muzokaralarning ilk bosqichi davomida subsidiya dasturining mezonlari, loyihaning amalga oshirish bosqichlari, shartlari va imkon qadar tumanimizda ushbu loyihalar miqdorini kengaytirish borasida so‘z bordi. O‘z o‘rnida “LORD FRUITS” MCHJ rahbari B.Bekboyev tomonidan korxona tomonidan shu kungacha erishilgan yutuqlar va kelajakdagi rejalar haqida qisqacha ma’lumot bergan holda, korxona ushbu dastur orqali o‘z faoliyatini kengaytirishni qat’iy maqsad qilgani va bunga bugungi kunda barcha imkoniyatlar mavjud ekanligi qayd etib o‘tildi.
Muzokaralar yakunida tuman hokimi B.Jabborov janob Stanislas Henrionga loyihani qonun doirasida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi va aziz mehmonga tashrif uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.