Tumanimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida tuman hokimi tomonidan mahallalar, xonadonlar o‘rganilib, sharoit va imkoniyatlari chegaralangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila vakillari mutasaddilar tomonidan rag‘batlandilar.
Jumladan, Quyi Algar mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Doston Omonovlar xonadoni o‘rganilib, mutasaddilar tomonidan homiylik mablag‘lari hisobidan 100 dona parranda yetkazib berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shu bilan birga tomorqasida takroriy ekin sifatida yer maydoni shudgorlanib, loviya mahsuloti ekildi.
Endi xonadon egalari parrandachilik bilan shug‘ullanib, go‘sht va tuxum mahsulotlari yetishtirish va kundalik ehtiyojlari uchun foydalanish huquqiga ham ega bo‘lishgan bo‘lsa, ekilgan ekinning hosilidan qishgi mavsumga hozirlik ko‘rishda unumli foydalanishadi.