insurez
25-04-2024 07:32

Sud tizimida rakamlashtirishning muxim axamiyati


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining interaktiv xizmatlari portali orqali sudga elektron murojaat yuborish, murojaat namunalari, davlat boji kalkulyatori, sud qarorlar to‘plami, elektron to‘lov tizimi, sud majlislari jadvali, rahbariyat qabuliga ro‘yxatdan o‘tish, ish holatini onlayn kuzatib borish, masofadan turib sud majlisida ishtirok etish, sud xabarnomalari va chaqiruvlarini, shuningdek sud qarorni onlayn olish, murojaatlarni telegram bot orqali yo‘llash kabi xizmatlar ham joriy qilingan bo‘lib, fuqarolarning sudga bormasdan oynlayn tarzida foydalanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Yuqoridagi Qarorga asosan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga da’vo, ariza va shikoyatlarni faqat elektron shaklda taqdim etish belgilangan bo‘lib, endilikda ular sudga kelmasdan masofadan turib internet tarmog‘i orqali sudlarga da’vo, ariza va shikoyatlarni faqat elektron tarzda yuborishlari hamda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish imkonini beruvchi
TE Desktop dasturi orqali onlayn sud protsesslarida ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, sudlarda infakioskalar ham o‘rnatilgan bo‘lib, fuqarolar ushbu qurilmadan foydalangan holda billing.sud.uz sayti orqali davlat boji, pochta xarajatlari kvitansiyasi xos raqamini shakllantirib, bankka bormasdan plastik karta orqali to‘lovlarni amalga oshirish kabi qulayliklar ham yaratildi.

Sud faoliyatida amalga oshirilayotgan bu kabi o‘zgarishlar, avvalo, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini sud orqali samarali himoya qilinishini ta’minlash orqali odil sudlovga erishish uchun qaratilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘ycha Urgut tuman sudi sudyasi:

Muxammatkulova Shaxnoza Arslanovna

Teglar
- -