insurez
09-08-2024 12:41

SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI


Joriy yilning 8-avgust kuni Urgut tumani istirohat bog’ida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. 

Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolarning turli masalalarga doir murojaatlari tinglandi va ularning barchasi tegishli tartibda ro‘yxatga olindi.

Aksariyat murojaatlarga huquqiy tushuncha va maslahat berilgan bo‘lsa, muddat talab etiladigan murojaatlar ijro uchun mutasaddilarga biriktirildi. 

Xususan, uy-joy hamda bolalar nafaqasini olish masalasi bilan kelgan bir guruh fuqarolarga huquqiy tushuncha berildi.

Mutasaddilarga tegishli chora-tadbirlar yuzasidan topshiriqlar berildi.
 

Teglar
- -