SamDU Urgut filialida talabalar ijara xonadonlari bazasini shakllantirish ishlari davom etmoqda...
Talabalar ijara xonadonlari bazasini shakllantirish, shu bilan bir qatorda mazkur xonadonlarda talabalar istiqomad qilishlari uchun mavjud qulayliklarni o'rganish maqsadida filialning bir qator mas'ul xodimlari hamda tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i X.Qarshiyev, mazkur bo'lim inspektori U.Jabborov ishtirokida ijara xonadonlar bazasiga kiritilgan xonadonlardagi shart-sharoitlar, gigiyena va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya etilganlik holati ko'zdan kechirildi. Xonadon egalari bilan suhbat o'tkazilib, mutaxassislar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.