insurez
17-07-2024 20:11

O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi 931-sonli qonunining mazmun mohiyatini tushuntirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish” mavzusida seminar yig’ilishi o’tkazildi.


Seminarda Viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat qilish shubasi mudiri  O.Yazdanov, Urgut tumani hokimi B.Jabborov, Viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi tergovchisi S.Ergashev, Viloyat IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo’limi tergovchisi Sh.Rahimov, Viloyat Adliya boshqarmasi bo’lim boshlig’i O.Muhammadiyevlar qatnashdi.

Ushbu yig‘ilishda so‘ngi besh yilda Davlatimiz Rahbarining tashabbuslari va qat’iy siyosiy irodalari bilan ushbu illatga qarshi murosasiz kurash olib borilayotganligi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishni davlat siyosati darajasiga olib chiqilishi va qisqa fursatda korrupsiyaga batamom chek qo‘yish bo‘yicha ham huquqiy ham tashkiliy jihatdan choralar ko‘rilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek  2024 yilning o‘tgan davri mobaynida hokimlik va tashkilotlar xodimlari tomonidan ham korrupsion jinoyatlarning sodir etilishiga ham to‘xtalib o‘tildi hamda sodir etilgan iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlari haqida  maʼlumotlar berildi.

Tadbir davomida kiber havfsizlik sohasi mutaxassislari tomonidan ushbu yo'nalishdagi fribgarlik holatlari keskIn oshib borayotganligi, ijtimoiy tarmoqlardagi pul bilan bog'liq yoki boshqa turdagi moddiy manfaat keltiruvch sohta aldovlarga ishonmaslik, firibgarlar tomonidan yuborilayotgan  ilovalarga qo'shilmaslik va ularni boshqa tanishlarga ham yubormaslik yuzasidan tushunchalar berildi.
 

Teglar
- -