Joriy yilning 24-25-iyun kunlari Turkiya davlatida "Özbekistan’ in Lider Kadınları" nomli xalqaro kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi
Ushbu taqdimot Antalya hokimligi huzuridagi Baygench nashriyoti va Shine qizlar Akademiyasi rahbari Shohida Yusupova hamkorligida tashkil qilingan. Kitobda Oʻzbekistonning turli yoʻnalishdagi iqtidorli ayol- qizlarining ijodiy ishlari jamlandi.
Xususan, Samarqand viloyati Urgut tumani 118-umumta’lim maktabining 8-sinf oʻquvchisi Hamroqulova Hilolaning maqolasi ham joy olib, sertifikat va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.