XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 20-SESSIYASI BO'LIB O'TDI.
🔹Sessiya kun tartibida dastlab tashkiliy masala ko‘rildi. Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi raisini saylash to‘g‘risidagi masala muhokama qilinib, deputat Axmedova Surayyo Toirovna Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi raisi lavozimiga saylandi.
Shundan so‘ng sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar 🔹Urgut tumanining 2026 yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida
🔹Davlat tili haqidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda o‘zbektilining davlat tili sifatidagi mavqeyini oshirish chora-tadbirlari yuzasidanjoriy yil davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida Urgut tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilito‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishni ta’minlash masalalari bo‘yichamaslahatchisi E.Murodullaevning hisoboti to‘g‘risida
🔹Urgut tumani hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Qobilovaning “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti hamda xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish to‘g‘risida.
🔹O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ga asosan Urgut tuman mahalliy budjetining xarajatlar qismiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
🔹Urgut tumanining 2025 yil 4-chorak mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda ko‘paytirish to‘g‘risida
🔹Urgut tumani hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida
🔹2026-yilda “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalari infratuzilmasini moliyalashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va maʼqullash haqidagi masalalar ko'rib chiqildi.
Sessiya ishida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.




