Urgut tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Urgut tumanidagi 4-sektor rahbari M.A. Xoliqov tomonidan Mazortepa mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, jumladan, suyultirilgan gaz balonlari ta’minoti, ish bilan ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi simyog‘ochlarni yangilash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlashga oid murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Qator masalalar yuzasidan joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini bevosita joylarda o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va tizimli hal etish maqsadida muntazam davom ettiriladi.