Urgut tumani hokimi Dilmurod Sayidkulov hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
Urgut tumani hokimi Dilmurod Sayidkulov tumanning turli hududlarida olib borilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Ko‘zdan kechirish davomida mavjud holat o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Xususan, yo‘llarni ta’mirlash, ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘laklar va jamoat joylarini obod qilish ishlari alohida e’tiborda bo‘ldi. Har bir mahalladagi ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, mavjud infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.