Urgut ekstremal turizm turlari oʻtkaziladigan joyga aylantiriladi
Ayni paytda Urgut tumanidagi Andak mahallasi togʻlarida “Xalqaro paraplan festivali“ boʻlib oʻtmoqda.
Festival ochilishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev soʻzga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi va ekstremal turizm turlarini ommalashtirish xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida Urgut doimiy ekstremal turizm turlari oʻtkaziladigan joyga aylantirilishini taʼkidladi.
Ikki kun davom etadigan festivalda 10 ta davlatdan 100 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashyapti.
Festival dasturidan paraplan shoulari va musobaqalari, gastronomik koʻrgazmalar, konsertlar, milliy oʻyinlar va qiziqarli musobaqalar oʻrin olgan.