15-09-2025 20:00
Tuman kengashi deputatligiga saylov o‘tkaziladi
📌 Tuman kengashi deputatligiga saylov o‘tkaziladi
Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 11-sentabrda qabul qilingan “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy kengash deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1446-sonli qaroriga asosan, joriy yil 19-oktabr kuni Xalq deputatlari Urgut tumani kengashining 23-Bobur saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylovi o‘tkaziladi.