Mergancha massiviga yangi transformatorlar olib kelindi
Urgut tumani Mergancha massivida ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish va elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Xususan, bugun mazkur ishlar jarayonida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan ushbu hududga 2 dona - quvvati 400 kVA hamda 250 kVA quvvatli yangi transformator punktlari olib kelinib, o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar hudud aholisi uchun barqaror elektr ta’minotini yaratish hamda iqtisodiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.