Kitobxonlik – yoshlar ma’naviyatining poydevori.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bugun Etak Bershkapa mahallasidagi 47-maktab kutubxonasida o‘quvchilar uchun kitobxonlik tadbiri tashkil etildi. Yosh kitobsevarlar kutubxona muhitida badiiy va ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilib, o‘z bilimlarini boyitishdi.
Mazkur tashabbus Prezidentimizning yoshlarni ma’naviy barkamol, bilimli va keng dunyoqarashli etib tarbiyalash yo‘lidagi islohotlariga hamohangdir. Kitobxonlik bolalarda tafakkurni o‘stirish, mustaqil fikrlash, dunyoni kengroq anglash hamda ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
Mahalla faollari va ustozlar bunday tadbirlar yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilishi bilan birga, kelajakka intilishida mustahkam zamin yaratishini alohida qayd etdilar.